O‘zbekistonlik marshallar birinchi bor Bahrayn Gran-prisida
2025-yil 11–13 aprel kunlari Sahir avtotrekida Formula-1 Jahon chempionatining to‘rtinchi bosqichi — Bahrayn Gran-prisi bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqa O‘zbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) uchun tarixiy voqeaga aylandi: ilk bor yurtdosh marshallarimiz ushbu trekda o‘z faoliyatini amalga oshirishdi.
Ushbu yirik xalqaro musobaqada ishtirok etish nafaqat katta tajriba, balki xalqaro darajadagi ish uslublarini o‘rganish uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan mutaxassislar bilan elkama-elka turib ishlash, bizning marshallarimizning yuqori salohiyati va tayyorgarligini yana bir bor isbotladi.
NAFKU o‘z marshallar jamoasi ishtirok etuvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda va O‘zbekistonni xalqaro avtosport maydonida faxr bilan namoyon etmoqda.
Fikrlar