
O‘zbekistonlik muxlislar ham Eldor Shomurodovning debyutini baholadi. Unga necha ball qo‘yishdi? (Foto)
Xabaringiz bor, kecha Italiya A Seriyasi 4-turidan o‘rin olgan bahsda "Jenoa" safarda "Verona" bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda jamoalar darvozalarga yo‘l topa olishmadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 63-daqiqada almashtirildi. Statistika bilan shug‘ullanuvchi dunyoga mashhur WhoScored.com nashri futbolchilarning harakatiga qarab ball qo‘ygan. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 6.3 ballga loyiq ko‘rilgan.
Eldor Shomurodovning debyutiga nechi ball qo‘yildi? (Foto)
SPORTS.uz sayti o‘quvchilari ham Shomurodovning o‘yiniga ball qo‘yishdi. Saytning telegramdagi sahifasida "Eldor Shomurodovning debyutiga necha ball qo‘ygan bo‘lardingiz?", deya so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada 2346 nafar odam ishtirok etdi. Unda kuzatuvchilarning 22 foizi 10, 16 foizi 5 va 14 foizi 6 ballga loyiq ko‘rgan.
Quyida so‘rovnoma natijasi bilan tanishing:
Fikrlar