O‘zbekistonlik sobiq futbolchilar Ronaldino, Rivaldo va “Barselona”ning boshqa vakillariga qarshi o‘ynaydi

  • 04.08.2023 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Tez orada Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod shahrida “Barselona” akademiyasi filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu jarayonda “Barselona” prezidenti Joan Laporta sobiq futbolchilar Ronaldino, Rivaldo va Vitor Bayya ishtirok etishi kutilmoqda.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu ochilish marosimida “Barselona” klubining sobiq vakillari, Markaziy Osiyo terma jamoasi jumladan, Qirg‘iz Respublikasi, O‘zbekiston va Turkmaniston futbol faxriylariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Hozircha, uchrashuv qachon bo‘lib o‘tishi va unda kimlar ishtirok etishi noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!