O‘zbekistonlik sportchilar 44-shaxmat Olimpiadasida ishtirok etish uchun Hindistonga yo‘l oldi

  • 28.07.2022 16:57
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Shaxmat

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Sa’dullaev delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi va ularga omad tiladi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi delegatsiyasi Hindistonning Chennay shahriga uchib ketdi.

44-shaxmat Olimpiadasi FIDE tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda ochiq va ayollar o‘rtasidagi turnirlar hamda shaxmatni ommalashtirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar o‘tkaziladi.

photo_2022-07-27_21-30-49.jpeg

Umuman olganda Jahon shaxmat olimpiadasida rekord darajadagi jamoalar ishtirok etadi — 188 nafar erkak va 162 nafar ayol shaxmatchi.

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:

GM Nodirbek Abdusattorov (2004 yili tug‘ilgan),

GM Nodirbek Yoqubboev (2002),

GM Javohir Sindorov (2005),

GM Jahongir Vohidov (1995),

GM Shamsiddin Vohidov (2002).

Ayollar:

WGM Nilufar Yoqubboeva (2000),

WFM Umida Omonova (2006),

WCM Afro‘za Hamdamova (2009),

WFM Maftuna Bobomurodova (2006),

Marjona Malikova (2002).

photo_2022-07-27_21-30-49_2.jpeg

Delegatsiyaga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, A toifali xalqaro hakam Xusan Turdialiev rahbarlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2024 yil Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladi. 2026 yil o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun O‘zbekiston ham da’vogarlik qilmoqda.

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
28/07/2022 17:19
Терма жамоа аъзолари яхши, иктидорли ёшлардан иборат! Лекин федерация президенти Саъдуллаев гирт ахмок ва тунка! Уз манфаатини уйлайдиган эшаклардан бири.