O‘zbekistonlik sportchilar Tbilisini yondirmoqda!
Bugun Gruziyaning Tbilisi shahrida havaskor MMA (IMMAF) bo‘yicha U-20 va kattalar o‘rtasida jahon chempionati start oldi.
Albatta, ushbu dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqda.
61,2 kg da hamyurtimiz Serobiddin Madaminov 1-raunddayoq hindistonlik Milind Tomar sabmishn orqali taslim etdi;
79,4 kg da yana bir vakilimiz Murodjon Ziyodullaev ham 1-raundda bolgariyalik Borislav Tsekovni texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi;
65, 8 kg da yutdoshimiz Zafarjon Asadov juda ham kuchli bo‘lgan, Tojikiston vakili Oldinga Nazarov bilan ajoyib jang olib borib, yakunda kambek amalga oshirgan holda g‘alaba qozondi.
Havaskor MMA (IMMAF) bo‘yicha jahon chempionati biz bilan kuzatib boring!
Fikrlar