Asosiy mazmunga oʻtish

O‘zbekistonlik sportchilar Xanchjou-2022da nechta medal jamg‘arishdi?

Bekzod Isayev
Izohlar: 2

Sportchilarimiz rekordni yangilashdi

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlari O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun yakunlandi.

Unda terma jamoamiz 71 ta medal jamg‘ardi. Shulardan 22 tasi oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medali.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha terma jamoamiz Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan so‘ng hozircha, 5-o‘rinda bormoqda. Bu orqali O‘zbekiston delegatsiyasi uchun medallar soni va sifati bo‘yicha Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Shu paytgacha O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlarida qayd etgan eng yaxshi natijasi 2018 yili Indoneziyada o‘tkazilgan musobaqada qo‘lga kiritilgandi. O‘shanda delegatsiyamiz 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 69 ta medalga sazovor bo‘lgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q