O‘zbekistonning bo‘lajak raqibi Shvetsiyadan ustun keldi, Rossiya esa yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 12.11.2021 00:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

JCh-2022 saralashi Evropa mintaqasi 9-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. 

O‘z maydonida Shvetsiyani qabul qilgan Gruziya kutilmaganda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 61 va 77-daqiqalarida Kvaratsxeliya gol urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi. 



Kiprni qabul qilgan ruslar bu turda yirik 6:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ruslar safida Eroxin dubl qayd etdi. Shuningdek, Smolov, Mostovoy, Sutormin va Zabalotniy bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!