O‘zbekistonning eng zo‘r to‘purarlari: Shatskixdan Shomurodovgacha!

  • 11 noyabr, 2020, 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempigonati va 2023 yilgi Osiyo kubogining qo‘shma saralash turniriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazmoqda.

Bu yig‘in doirasida Vadim Abramov shogirdlari ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Futbolchilarimiz 12 noyabr kuni Suriya va 17 noyabrda Iroq terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Har ikki uchrashuv Dubay shahrida tashkil etiladi.

Vadim Abramov bu yig‘inga Evropa mamlakatlari chempionatlarida ishtirok etayotgan legionerlar – Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Jasur Yaxshiboevni jalb etmaslikka qaror qildi. Qolaversa, Eldor va Oston ayni paytda jarohatidan tiklanishga harakat qilmoqda. Jasur Belarus chempionatining muhim o‘yinlarida ishtirok etishi kerak.

Umuman olganda, bosh murabbiy bu gal legionerlardan – Janubiy Koreyadan Jamshid Iskanderov va Rustam Ashurmatov, Birlashgan Arab Amirliklaridan Otabek Shukurov va Aziz G‘anievni chaqirgan. Kuni kecha, Xitoy chempionatini yakunlagan Islom To‘xtaxo‘jaev ham yig‘inga qo‘shiladigan bo‘ldi.

Futbolchilarimizni oldinda kutib turgan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlaridan oldin O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida to‘xtalishga qaror qildik. Chunki, so‘nggi ikki o‘yinda to‘purarlik statistikasida e’tiborga molik o‘zgarishlar bo‘ldi.

  1. Maksim Shatskix

Mamlakatimiz bosh jamoasida gol urish bo‘yicha rekordchi Maksim Shatskix hisoblanadi. O‘z davrida Evropa maydonlarida ham to‘purarlik mahoratini namoyish qila olgan hujumchi 61 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 34 ta gol urgan.

unnamed_61_1

  1. Aleksandr Geynrix

Eng iqtidorli hujumchilardan bo‘lgan Aleksandr Geynrix 98 ta uchrashuvda 32 ta gol urib, Shatskixning natijasiga juda yaqin kelgandi, lekin bu ko‘rsatkichni yangilagunicha o‘zi futboldan ketib qoldi.

file_1404029832_409717046

    3. Mirjalol Qosimov

Mirjalol Qosimov yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay, gol urishda hujumchilardan qolishmas edi. U o‘zi o‘ynagan chempionatlarda doim to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelgan. Terma jamoada ham Mirjalol Qosimov 66 ta o‘yinda raqiblar darvozabonlarini 30 marta xafa qilgan.

unnamed_65

    4.Server Jeparov

Mirjaloldan keyin jamoada pleymeykerlik qilgan Server Jeparov eng ko‘p – 126 marta maydonga tushib, rekord o‘rnatgan o‘yinlarida 25 marotaba qaytarib bo‘lmas zarba yo‘llagan. 

  1. Eldor Shomurodov

“Jenoa” hujumchisi oktyabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Eron darvozasini ishg‘ol qilish orqali terma jamoamiz to‘purarlari ro‘yxatida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.  Eldor shu kungacha 44 ta o‘yinda 21ta gol urdi. Uning imkoniyatlarini hisobga olib, Maksim Shatskixning rekordini yangilashga aynan Eldor da’vogarligini ta’kidlash lozim.

  1. Odil Ahmedov

Terma jamoamizning amaldagi sardori 105 ta uchrashuvda 20ta gol urgan. U hali faoliyatini yakunlagani yo‘q va albatta uning tajribasini inobatga olganda bosh jamoamiz uchun muhim gollarni ura olishiga ishonamiz.

  1. Igor Shkvirin

Yigirma yil oldin term jamoadagi faoliyatini yakunlagan Igor Shkvirin eng sermahsul hujumchi sifatida tilga olinadi. U terma tarkibida 31 ta o‘yinda 20 ta gol urgan.

  1. Igor Sergeev

To‘g‘risini aytganda, bugungi kunda terma jamoamiz tarkibida ko‘p gol uradigan hujumchilar tanqis hisoblanadi. Ko‘p tanqid qilinadigan Sergeev esa, ayni paytda Shomurodovdan keyingi asosiy to‘rurar bo‘lib turibdi. Ayniqsa, oktyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Sergeev uchrashuv qahramoni bo‘ldi. Raqib darvozasiga ikkita to‘p yo‘llagan hujumchi terma jamoadagi 52-uchrashuvida gollari sonini 17 taga etkazdi. 

  1. Ja’far Irismetov

Irismetov o‘zi o‘ynagan klublarning aksariyatida gollarni qalashtirib tashlagan. Lekin terma jamoadagi o‘yinlari unchalik sermahsul chiqmagan. Ja’far bosh jamoamiz uchun 36 ta bellashuvda 15 ta gol urgan xolos.

  1. Ulug‘bek Baqoev

Baqoevning klublardagi faoliyati terma jamoadagidan muvaffaqiyatli chiqqan. Ulug‘bek milliy jamoada 52 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qilgan. Shu o‘rinda, u muhim uchrashuvlarda kerakli gollarni ura olganini ham tan olish kerak.

Terma jamoamiz to‘purarlari orasida Eldor Shomurodov, Odil Ahmedov va Igor Sergeev faoliyatini davom ettirmoqda.

H0mCu516025652393014_b

Biroq, noyabr oyidagi ikkita o‘yinni o‘z ichiga olgan yig‘inga faqat Igor Sergeev jalb etilgan. Demak, Dubayda bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvlarida Igor Sergeevdagina to‘purarlar statistikasiga o‘zgartirish kiritish imkoniyati bor.

Eldor eng zo‘r to‘purarligini isbotlay oladimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!