O‘zbekistonning Mundialdagi o‘yinlari uchun chiptalar sotuvga chiqdimi?
Hozir bir nechta telegram kanallarda O‘zbekistonning Mundialdagi o‘yinlari uchun chiptalar narxi e’lon qilinmoqda.
Ayni vaqtda "Random Selection Draw" bosqichi davom etayotgan bo‘lib, endilikda muxlislar sanasi va joyi aniq bo‘lgan uchrashuvlar uchun (ya’ni hamma o‘yinlar uchun) ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi. "Dynamic Prising" tizimi asosida narxlar bozor talabiga asosan shakllanadi. Qaysidir uchrashuvga ko‘proq ariza kelib tushsa, narx avtomatik ko‘tariladi. Yoki 40 ming muxlisni sig‘dira oladigan o‘yingohdagi bahs uchun 20 mingta ariza kelib tushsa, narx avtomatik tarzda pasayadi.
Qachon narxlar e’lon qilinadi?
13 yanvar kuni. O‘sha kuni ariza topshirganlarning ayrimlari uchun bilet taqdim etiladi, ayrimlari uchun esa yo‘q. Ya’ni bu lotereya. O‘sha kuni sizning arizangiz tasdiqlansa, "pay now" tugmasi paydo bo‘ladi. Siz bilet sotib olishingiz yoki rad etishingiz mumkin. Agar sizning arizangiz tasdiqlangan holatda ham turli sabablarga ko‘ra, bilet sotib olishni rad etsangiz, chipta boshqa muxlisga taqdim etiladi yoki keyingi bosqichga olib qo‘yiladi.
Keyingi bosqich qanday?
Bunda biletlarning bir qismi turnirga yaqin qolganda "First-Come First-Served" bosqichi doirasida sotiladi. Ya’ni biletlarning ma’lum qismi olib qo‘yilib, uchrashuv arafasida sotiladi.
Eslatma: Barcha bosqichlarda biletlar onlayn sotiladi.

Fikrlar