O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!

  • 4 yanvar, 2024, 21:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Joriy yining 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar Qatar Osiyo kubogiga mezbonlik  qiladi. Mintaqaning eng nufuzli musobaqasida qit’aning  eng kuchli 24 jamoasi ishtirok etadi.

Osiyo kubogining guruh bosqichida  O‘zbekiston bilan bir kvartetdan joy olgan Suriya terma jamoasi ham musobaqada qatnashadigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.

Ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar tarkibga Moskvaning TsSKA klubi tarbiyalagan darvozabon Maksim Sarrafning kiritilgani hayron qoldirdi.

gettyimages-1472018561-612x612

Qizig‘i shundaki, “V” guruhining 13 yanvarga belgilagan birinchi turida O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi va har ikki jamoa tarkibida TsSKA vakillari – Abbosbek Fayzullaev va Maksim Sarraf bo‘ladi. Balki ular bir biriga qarshi ham o‘ynar.

Taniqli futbol agenti Aleksey Safonov “Match TV” jurnalistlariga bergan intervyusida  18 yoshli darvozabonning katta turnirga jalb qilinganiga munosabat bildirdi va o‘zbek futboli haqida ham gapirdi.

— Maksim Sarraf ilgari ham Suriya terma jamoasidan taklif olgan, u yaxshi saviyadagi darvozabon.

— Siz Osiyo kubogining darajasini qanday baholaysiz?

—  Bilasizmi, bizning terma jamoamiz o‘rtoqlik uchrashuvlarida O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalarini enga olmagan. Abbosbek Fayzullaev esa, TsSKAning eng zo‘r o‘yinchisi, deb e’lon qilindi.

Har bir joyda o‘ziga yarasha daraja bo‘ladi. Sarrafning terma jamoa o‘yinlariga jalb etilishi uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Qolaversa, u hali yosh futbolchi.

— Bunaqa taklifga hali yoshlik qilmaydimi?

— O‘tgan yili ham terma jamoada o‘ynagan. Igor Akinfeev ham terma jamoadagi faoliyatida juda erta boshlagan va haligacha o‘ynayapti.

Shunday ekan, hammasi o‘yinchining o‘ziga bog‘liq.

Mening o‘ylashimcha, Sarrafning Suriya terma jamoasiga taklif etilgani TsSKAda yaxshi saviyadagi darvozabonlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi. “Armiyachilar” akademisida o‘sib, rivojlanib kelayotgan yosh futbolchilar bor. Bu borada men Maksimga ham ishonaman.

IMG_3808

Osiyo kubogining “V” guruhidan O‘zbekiston va Suriya futbolchilaridan tashqari, Hindiston va Avstraliya terma jamoalari ham o‘rin olgan.

Hamyurtlarimiz Suriyadan keyin 18 yanvarda Hindiston terma jamoasi vakillari bilan kuch sinashadi.

Guruhdagi so‘nggi o‘yinimiz 23 yanvarda eng kuchli raqib – Avstraliyaga qarshi o‘tkaziladi.

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Shomurodov yo‘q, O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi eng xavfli futbolchisi kim?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!