O‘zbekistonning shov-shuvli g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?
Qatar maydonlarida davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi jahon chempionatining navbatdagi kunida yana sakkizta uchinchi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mundialda Osiyo sharafini himoya qilayotgan uchta mamlakat terma jamoalari o‘z kvartetlaridagi oxirgi o‘yinlarini o‘tkazdi. Ular orasida qit’a chempioni O‘zbekiston g‘alaba qozongan yagona terma jamoa bo‘ldi.
Osiyo jamoalaridan Saudiya Arabistoni futbolchilari Maliga, Tojikiston terma jamoasi Burkina-Faso vakillariga bir xil – 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Islom Ismoilov shogirdlari “J” guruhidagi yakuniy uchrashuvni Panama terma jamoasiga qarshi o‘tkazib, 6:1 hisobida zafar quchdi. Osiyo futbol konfederatsiya rasmiy sayti orqali o‘zbek futbolchilarining shov-shuvli g‘alabasiga o‘z munosabatini bildirdi.
- O‘zbekiston futbolchilari Qatar mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining pley-off bosqichiga ishonchli tarzda yo‘l oldi. Yorqin o‘yin namoyish qilgan o‘zbeklar “J” kvartetidagi oxirgi bahsda Panama futbolchilari ustidan 6:1 hisobida zafar quchdi.
Birinchi bo‘limdagi ancha bo‘sh o‘yindan keyin Osiyo kubogi sohiblari uchrashuvning ikkinchi yarmida oltita to‘p kiritdi va Irlandiyadan bir ochko kam jamg‘argan holda o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Agar Panama futbolchilari birinchi bo‘limda belgilangan penaltidan unumli foydalanganida hammasi ular uchun boshqacha yakunlanishi mumkin edi. Ammo Estevis Lopesning 11 metrlik belgidan yo‘llagan zarbasini darvozabon Ibrohim Shokirov mahorat bilan qaytardi.
Bunga javoban O‘zbekiston ikkinchi bo‘limning uchinchi daqiqasida Abubakr Shukurullaevning aniq zarbasi evaziga raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochishni uddaladi.
Keyin bahs oxiriga qadar Sadriddin Hasanov, Sayfiddin Sodiqov, Jamshidbek Rustamov va Asilbek Aliev bittadan to‘p kiritdi. Oxirgi bo‘lib Abdusamad Saidov penaltini samarali bajarib, oltinchi gol urdi.
O‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtning 10-daqiqasida Jozef Pacheko yagona javom to‘pini kiritdi, - deb yozmoqda the-afc.com saytdi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Irlandiya Respublikasi vakillari Paragvay bilan golsiz durang qayd etib, peshqadamlik mavqeini saqlab qoldi. Bu durang paragvayliklarni ham eng yaxshi ko‘rsatkichga ega uchinchi o‘rindagi terma jamoalar qatorida pley-offga olib chiqdi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi jahon chempionati bosh sovrini uchun yurishni davom ettiradigan bo‘ldi. Islom Ismoilov shogirdlari keyingi bosqichda kuchli raqib – “S” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan Xorvatiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Ppley-off o‘yinlarida futbolchilarimizga muvaffaqiyat tilaymiz...
Yana qancha gol kerak? Shomurodov endi haqiqiy to‘purarligini isbotlayapti...
O‘zbek futbolchilari mag‘lubiyatiga Osiyodan qanday munosabat bo‘ldi?
O‘zbek futbolchisi jahon chempionati “Oltin butsa”siga da’vogar!
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?
Fikrlar