O‘zil “Arsenal”ni qiynayapti

  • 10 oktabr, 2020, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” klubi bosh murabbiy Mikel Artetaga yoqmay qolgan yulduz futbolchi – Mesut O‘zilni shartnoma muddatidan oldin bekor qilishga chaqirmoqda.

Londonliklar qishki transferlar mavsumi ochilgunicha O‘zil bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishib olmoqchi. Mesut O‘zilning o‘zi hamkorlikni to‘xtatish uchun klubda qolayotgan maoshi – 14 million evroni talab qilmoqda.

O‘zil oxirgi bor 7 mart kuni maydonga tushgan edi. U “Arsenal” tarkibiga 2013 yilda “Real”dan ko‘chib o‘tgan. Transfer londonliklar uchun 47 million evroga tushgan edi. Mesutning shartnomasi 2021 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!