O‘zil faoliyatini Superligada davom ettirishi mumkin

  • 20 dekabr, 2019, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishga juda yaqin turibdi.

Fotomac nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli germaniyalik futbolchi faoliyatini “Fenerbaxche”da davom ettirishi kutilmoqda. Aniqrog‘i, istanbulliklar O‘zilni mavsum yakuniga qadar ijaraga olishmoqchi.

“Fenerbaxche” sport direktori ushbu masala yuzasidan ayni damda Londonda bo‘lib turibdi. Tomonlar kelishuvga erishishsa, transfer joriy haftaning o‘zida amalga oshirilishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zil joriy mavsum APLda jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!