O‘zil qishda PSJning taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

  • 8 may, 2019, 17:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil PSJdan bo‘lgan taklifni rad etgani ma’lum bo‘ldi.

Paris United nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 30 yoshli germaniyalik futbolchini o‘z saflarida ko‘rishni xohlashgan. Ular qishki transferlar davrida bu borada unga taklif bilan murojaat qilishgan. Ammo, futbolchi “kanonirlar” safida qolishni tanlagan.

Ma’lumot uchun, O‘zil joriy mavsum “Arsenal” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!