O‘zil shahzoda bo‘lishga tayyormi?

  • 4 sentabr, 2020, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”dan bosh murabbiy bilan chiqisha olmayotgan Mesut O‘zil Saudiya Arabistonidan o‘ta manfaatli taklif oldi.

“An-Nasr” jamoasi germaniyalik futbolchini o‘z tarkibiga chorlamoqda. Klub O‘zilga yiliga 20 million evro maosh va’da qilmoqda. Saudiyaliklar O‘zilning agentlari bilan muzokarani boshlagan va ular o‘yinchini keyingi yili shartnoma yakunlanishi bilan erkin agent sifatida safga qo‘shib olmoqchi. Buning uchun O‘zil Saudiyaga kelishga so‘z berishi kerak.

Bundan tashqari, arablar agar futbolchi istasa, uning transferini shu yilning o‘zida sotib olishlari mumkin ekan.

- Saudiya jamoasining rahbariyati O‘zilga “Biz Sizni Saudiya Arabistonining shahzodasi qilishga tayyormiz”, deb murojaat qilmoqda, - deb yozadi Turkiyaning Fanatik nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!