“O‘zim bor-yo‘g‘i ikkita gol urganman xolos, Neymarga gol urishni o‘rgatolmayman!”
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Neymar Evropa chempionlar ligasida ko‘p gol urolmayotgani haqida gapirayotgan muxlisu mutaxassislarga javob qaytardi.
- Neymarga qanday gol urish haqida nima deyishim mumkin? Men butun faoliyatim davomida bir juft gol urganman xolos. Men unga hech narsa deya olmayman. Lekin Mbappe aytsa yarashadi.
Neymar mashg‘ulotda juda ko‘p gol uradi. Yaqinda rasmiy uchrashuvlarda ham uning gollarini ko‘rasizlar. U boshqa o‘yin namoyish qila oladigan juda kuchli futbolchi. U Mbappe bilan birga jamoani yutuqlar va sovrinlar sari etaklaydi. Eng muhimi shu. Agar u finalda gol ursa, bundan xursand bo‘lamiz, - dedi Tomas Tuxel.

Fikrlar