
O‘zining katta rekordini yangilagan Ronaldu emotsiyaga berilib ketdi
Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi “An-Nasr” jamoasi Saudiya Arabistoni Professional ligasida ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini nishonladi.
Bu gal riyodliklar Jidda “Al-Ittihod”ni 2:0 hisobida taslim qildi.
G‘alabani ikki mashhur yulduz – Sadio Mane va Krishtianu Ronaldu kiritdi.
Ronalduning goli yangi rekord sifatida qayd etildi. 40 yoshli hujumchi o‘ziga tegishli katta rekordni yangilab, jahon futbolida rasmiy bahslarda urgan gollari sonini 946 taga etkazib oldi.
Krishtianu uchrashuvdan keyin Instagram sahifasida fikrini yozib qoldirdi.
- Bu “An-Nasr”! Mana biz kimmiz, - deb yozdi Ronaldu.
Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Ko‘pchilikni Ronaldu gollarini sonini 1000 taga etkaza olish imkoniyati bor-yo‘qligi qiziqtirmoqda.
Fikrlar