O‘zPFL direktorligiga kimning nomzodi taqdim etilgani ma’lum

  • 24 mart, 2022, 18:38
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasiga tashkilot bosh direktorini tasdiqlash masalasi kiritildi.

2020 yilning 25 may kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori o‘z lavozimidan ozod etilganidan so‘ng tashkilot bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib Imomxo‘jaev Diyor Abrorovich belgilangan edi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Professional futbol ligasida professional futbol musobaqalarini tashkil etish, futbol klublari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablari asosida litsenziyalashdan o‘tkazilishida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ustaviga muvofiq bosh direktorni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining taqdimnomasiga asosan Liganing Ijroiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Shu asosda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktorini lavozimga tayinlash bo‘yicha Liga Ijroiya qo‘mitasiga Imomxo‘jaev Diyor Abrorovich nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etildi. Mazkur masala O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi uchun kiritildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Professional futbol ligasining navbatdagi Umumiy yig‘ilishida Liga Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi saylandi.

                                                                                                  Manba: O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Havas Boltaboev
24/03/2022 20:20
Диер Муносиб эмас Диер хали директорликка етишиб боргани хали анча мунча акли паст ПФЛни бу кетишда таркатиб юборади еки порахурлар маконига айлантириб ташлайди.!!!!!!!;;;;;;----
Havas Boltaboev
24/03/2022 20:20
Диер Муносиб эмас Диер хали директорликка етишиб боргани хали анча мунча акли паст ПФЛни бу кетишда таркатиб юборади еки порахурлар маконига айлантириб ташлайди.!!!!!!!;;;;;;----
Havas Boltaboev
24/03/2022 20:19
Диер Муносиб эмас Диер хали директорликка етишиб боргани хали анча мунча акли паст ПФЛни бу кетишда таркатиб юборади еки порахурлар маконига айлантириб ташлайди.!!!!!!!;;;;;;----
Hudoyberdivich Hayrullo
24/03/2022 19:28
Diyor akaga gap zo'r obaryapti
Hudoyberdivich Hayrullo
24/03/2022 19:28
Diyor akaga gap yo'q zo'r obaryapti