
Pakyao Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etimaydi. Chunki...
Filippin Milliy Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Abraham Tolentino afsonaviy Menni Pakyao bu yil Parijda bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. XOQ Pakiyaoning yoshi tufayli Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Menni Olimpiada litsenziyalari qo‘lga kiritilgan saralash turnirlarida qatnashmagan.
“Afsuski, bizning sevimli bokschimiz yoshi tufayli Olimpiadada ishtirok etolmaydi. Yana bir sababi esa u saralash turnirlarida qatnashmadi. Hammamizga ma’lumki, har bir sportchi, qaysi sport turidan qat’i nazar, Parijda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun saralash musobaqalaridan o‘tishi kerak", - deya iqtibos keltiradi Boxingnews24 mutaxassisdan.
Eslatib o‘tamiz, Parijdagi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar