Pandemiya "Real"ga qancha zarar keltirishi mumkin?

  • 02.10.2020 21:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Koronavirus pandemiyasi "Real" byudjetiga jiddiy zarba berdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi”ning karantindagi talafoti 195 mln evroga etishi mumkin. Bu stadionlarga muxlislarning tashrifi taqiqlangani bilan bevosita bog‘liq.

Odatda, chiptalardan tushadigan mablag‘ “Real” yillik byudjetining chorak qismini tashkil etar edi. Qolgan pullar esa, teletranslyatsiyalar hamda homiylar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!