
Pankration bo‘yicha Osiyo chempionati Toshkentda o‘tkaziladi!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi tashkil etilganidan so‘ng, bir qator nufuzli turnirlar tashkil etdi.
Jumladan, Jahon chempionati ham yurtimizda o‘tkazildi. Shuningdek, Farg‘onada pankration bo‘yicha "Yangi O‘zbekiston" kubogi, Samarqandda panoation bo‘yicha o‘smir-yoshlar o‘rtasida "Road" , Qo‘qonda greppling borasida "Qo'qon Open" va Toshkentda O‘zbekiston chempionati va professionallar o‘rtasida Gran-Pri tashkil etildi. Mazkur turnirlarni yuqori saviyada tashkil etgan O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasiga Xalqaro birlashgan kurash olami (UWW) tomonidan Osiyo chempionatini o‘tkazish ham ishonib topshirildi. Shu tariqa 11-12 va 13 may kunlari qit’a chempionati Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Chempionat U-17, U-20 va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar