Para dzyudo. Terma jamoamiz Antaliya Gran-Prisini 2-o‘rinda yakunladi!

  • 3 aprel, 2024, 13:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

1-2 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi para dzyudo bo‘yicha xalqaro Gran-Pri turniriga mezbonlik qildi.

Musobaqaning so‘nggi kunida terma jamoamizning ikki nafar a’zosi shohsupaga ko‘tarildi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida Dovurxon Karomatov oltin hamda +90 kg vazn toifasida Aloviddin Jo‘raqulov bronza medalini delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi. 

Gran-Prining dastlabki kunida esa ikki nafar para dzyudochimiz – Sherzod Namozov va Uchqun Quronboev 2 ta oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Shu tariqa terma jamoamiz a’zolari Antaliyadagi turnirni 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunlashdi.

E’tiborlisi, dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan eng kuchli polvonlar ishtirok etgan ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!