Para taekvondo: Vakillarimiz Parij Gran-prisida 3 ta medalga sazovor bo‘ldi

  • 6 sentabr, 2022, 13:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

2-6 sentyabr kunlari Parij shahri mezbonlik qilgan para taekvondo bo‘yicha xalqaro Gran-priga musobaqasi o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Aynan 2024 yil Frantsiya poytaxtida o‘tkaziladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi ushbu musobaqada 3 nafar vakilimiz sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Asad Toshtemirov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, -63 kg vazn toifasida Zuxriddin Toxirov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Guljanoy Naimova delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shtirib qo‘ydi.

Shu tariqa dunyonng 37 mamlakatidan 150 nafardan ortiq para taekvondochi qatnashgan Gran-prida terma jamoamiz umumjamoa hisobida Braziliya va Turkiyadan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!