
Para velosportchilarimiz Osiyo chempionatidagi debyutidayoq yuqori natija qayd etishdi
Musobqaning so‘nggi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida S2 klassida G‘olib Mirzayorov 2 ta bronza, S3 klassida Avazxon Palvanov oltin va kumush, S4 klassida Abror Ibraimov kumush va bronza, S5 klassida Azimbek Abdullaev oltin va kumush va xuddi shu klassda Boymurod Yavqochev kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoamizning qit’a birinichiligida qo‘lga kiritgan jami medallar soni 15 taga etdi. Shundan 3 tasi oltin, 7 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.
Yana bir e’tiborli jihati, sportchilarimiz trek bo‘yicha Osiyo chempioantida ilk bor ishtirok etganiga qaramay, umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz a’zolari 7 ta medalga sazovor bo‘lishgan edi.
Shu tariqa para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari shosse va trek yo‘nalishlarida o‘tkazilgan Osiyo chempionatlarida jami 22 ta medalga ega chiqishdi.
Fikrlar