Paralimpiya. XPQ Parij-2024 uchun medallar jamlanmasi dasturini e’lon qildi

  • 7 yanvar, 2023, 15:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi 2024 yil Parij shahrida bo‘ladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun medallar jamlanmasi dasturini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, Frantsiya poytaxtidagi o‘yinlarda ayollar o‘rtasida 235 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Bu Tokio-2020dan 8 taga ko‘p. Bundan tashqari, o‘yinlarda kamida 1859 nafar sportchi ishtirok etadi, bu esa Tokio-2020dan 77 taga ko‘p deganidir.

Parij-2024 da ishtirokchilar soni ortadi, shuningdek, og‘ir nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun ko‘proq musobaqalar o‘tkaziladi.

Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida jami 4400 nafardan ortiq bo‘lmagan sportchi ishtirok etadi, ular sportning 22 turi bo‘yicha 549 medal uchun kurash olib boradi.

Ayollar uchun ko‘proq medal jamg‘armalaridan tashqari, kamida 1859 sportchi qatnashadi, bu Tokiodagidan 77 taga ko‘p. 2024 yilgi o‘yinlarda ishtirok etuvchi ayollarning umumiy soni ko‘payishi mumkin, chunki 339 ta aralash kvotalar ajratilgan.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi a’zolarining og‘ir turdagi nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun raqobat imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan holda, bochcha bo‘yicha medallar soni 7 tadan (Tokioda) 11 tagacha oshiriladi. Dzyudo va eshkak eshish bo‘yicha og‘ir nogironligi bo‘lgan sportchilarga beriladigan medallar soni ham ortadi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi barcha beshta jamoaviy sport turlari bo‘yicha musobaqa formatini standartlashtirdi. Endi barcha jamoaviy musobaqalarda 8 ta jamoa ishtirok etadi.

Tokiodagi muvaffaqiyatli debyutdan so‘ng badminton bo‘yicha 16 ta medal jamg‘armasi bo‘ladi, bu Tokio-2020dagidan 2 taga ko‘p.

Para taekvondo bo‘yicha medallar soni 6 tadan 10 taga ko‘payadi, shuningdek, ishtirokchilar soni 66 foizga ortadi.

Bochchada erkaklar va ayollar uchun 4 turdagi, shuningdek, 3 ta aralash dastur bo‘ladi. Ilgari faqat aralash yoki ochiq musobaqalar o‘tkazilardi.

Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarda ilk bor ishtirok etgan para kanoe va para triatlon sport turlari bo‘yicha medallar soni mos ravishda 10 va 11 taga oshiriladi.

Para engil atletika va para suzishda medallar soni mos ravishda 3 va 5 taga kamayadi. Shuningdek ushbu sport turlari bo‘yicha ishtirokchilar soni ham qisqaradi.

Aytish kerakki, medallar jamlanmasi Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining Ijroiya kengashi tomonidan Parijdagi Paralimpiya o‘yinlari uchun sportchilar kvotalari ma’qullanganidan keyin rasman tasdiqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!