"Pari Sen-Jermen" futbolchisi yangi kelishuvga imzo chekadi

"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Marko Verratti klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda Telefoot nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli italiyalik Parij klubi bilan 2024-yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekadi. Yangi shartnomaga ko‘ra uning yillik maoshi 11 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Verratti PSJ safiga 2012 yilda kelib qo‘shilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!