Parij. Dramatik kechgan finalda Medvedev kambek amalga oshirdi

  • 09.11.2020 02:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

Parij shahrida "Masters" turkumiga kiruvchi turnirning final uchrashuvi o‘tkazildi.

Hal qiluvchi bahsda rossiyalik Daniil Medvedev hamda nemis raketka ustasi Aleksandr Zverev o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi. Ilk setni turnirning 4-raqam ostida saralangan tennischisi Zverev o‘z foydasiga hal etdi. Biroq qolgan setlarni rus tennischisi o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi va bosh sovringa ega chiqdi. Yakuniy hisob: 5:7, 6:4, 6:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!