Parijliklar “Real”ning Mbappe bo‘yicha supertaklifini rad etdi!
PSJ rahbariyati Kilian Mbappe transferidan ko‘proq pul ishlash maqsadida “Real”ning birinchi taklifini rad etdi.
“Real” bir necha mavsumdan beri transfer bozoriga kirmayapti. Madridliklar anchadan beri bir futbolchi – Kilian Mbappeni olmoqchi. Shu yozda klub bir necha o‘yinchisini sotishga muvaffaq bo‘ldi va o‘z orzusidagi futbolchini olish harakatlarini boshlash imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Parijliklar o‘z hujumchisi uchun taklif qilingan 160 million evrolik taklifga rad javobini berdi. Bir qarashda, “Real”ni Mbappega erishish orzusini inobatga olgan PSJ xo‘jayinlari Florentino Peres yanada ko‘proq mablag‘ tikishini kutayotgani ko‘rinib turibdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Real” 31 avgustga qadar yana bir taklif beradi.

Fikrlar