Pastore uchun AQShning yana bir klubi kurashga qo‘shildi

  • 06.06.2020 22:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Roma" klubi yarim himoyachisi Xaver Pastore Amerika klublarining e’tiborini o‘ziga qaratmoqda.

Bundan avvalroq, 30 yoshli argentinalik futbolchiga "Inter Mayami" hamda "Siettl Saunders" klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabar berilgan bo‘lsa, hozirda uning uchun kurashga "Los-Andjeles Gelaksi" ham qo‘shilgan.

Pastore joriy mavsum “Roma” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uning transferi esa 8 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!