Pau Kubarsiga APL grandlari qiziqmoqda
Pau Kubarsi Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqida "fichajes.net" manbasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Manchester Siti" himoya chizig‘ini yangilashni rejalashtirmoqda. Yozda Natan Ake va Jon Stounz jamoani tark etishi mumkin. Shu sababli bosh murabbiy Pep Gvardiola yosh ispaniyalik himoyachini transfer bozorida ideal variant deb hisoblamoqda.
Shuningdek, "Arsenal" ham Kubarsiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Londonliklar ushbu transferni amalga oshirish uchun ayrim futbolchilarini sotib, mablag‘ yig‘ishga tayyor ekani aytilmoqda.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Kubarsining bozor qiymati 80 million evroni tashkil qiladi. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar