
Pavar uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi
"Shtutgart" klubi va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.
Bein Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli frantsuzning xizmatlariga kataloniyaliklar ustozi Ernesto Valverdening shaxsan o‘zi qiziqib qolgan.
Ma’lumotlarga qaraganda Pavarning o‘rtacha transfer bahosi 35 million evro ekanligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pavarga shuningdek Myunxenning “Bavariya” klubidan ham qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar