“Paxtakor” – 37 milliard so‘m, “Navbahor” 35 million so‘m, “Nasaf” 40 million so‘m! Klublarni shaxsiy qilish “operatsiyasi” borasida sizni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassis javobi!

  • 3 aprel, 2023, 19:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

24 mart sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan qaror borasida taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o‘z "Telegram" sahifasida kattagina post qoldirdi. Unda, 29 martdan kuchga kirgan qonunning futbol klublariga qanday dahli bor ekanligi batafsil tushuntirib berilgan.

“Ro‘yxatda 1001 ta korxona mavjud bo‘lib, ularning aktsiyalari ochiq auktsionda sotuvga qo‘yilishi ma’lum qilindi. Bu ro‘yxatdan bir yo‘la 12 ta professional futbol klubi o‘rin egallagan. Biz bu jamoalarning belgilangan fonddan kelib chiqib Ro‘yxatga 12 ta professional futbol klublari kiritilgan bo‘lib, biz ularni ustav kapitalini kamaytirish tartibida tuzdik

"Paxtakor" - 37 837 648 200

"Mash’al" - 15 367 385 900

"Metallurg" - 13 531 779 500

"Lokomotiv" - 3 179 621 600

"Bunyodkor" - 1 158 000 000

"Sho‘rtan" - 702 100 000

"Dinamo" - 140 000 000

"Buxoro" - 100 000 000

"Denov" - 100 000 000

"Nasaf" - 40 000 000

"Navbahor" - 35 000 000

OKMK - 3 000 000

Deyarli barcha klublar 100 foiz qaysidir davlat korxonalariga tegishli ekanligini ko‘rish mumkin. “Bunyodkor” o‘z aktsiyalarining barchasini davlat aktivlarini boshqaruvchi organga topshirgan bo‘lsa, “Paxtakor” davlat aktivlarini boshqaruv markaziga tegishli. Faqat ikkita klubdagina aksialarning juda kichik qismi ("Mash’al" - 0.4%, "Sho‘rtan" - 0.3%) shaxsiy xolos.

osh43opsho34p_1

Ikki holatda ham, bu aktsiyalar jamoa rahbarlaridan biri yoki unga begona bo‘lmagan insonlar qo‘lida ekanligini payqash mushkul emas. “Mash’al” aktsiyalari aka-uka Norchaevlarga tegishli bo‘lsa, “Sho‘rtan”ning kichik bir qismi Ilhom Qurbonovga qarashli.

Yanada aniq ma’lumotlar klublarning aktsiyalari sotuvga qo‘yilganida ma’lum qilinadi. Bu jarayon uzog‘i ikki hafta ichida bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda. Hozircha, savdo shu yil bo‘lib o‘tishi aniq bo‘lib turibdi. Futbol klublarining aktsiyalarini xarid qilishni istaganlar davlat komissiyasining ruxsatnomasiga ega bo‘lishi shart.

Mana endi, eng muhim savolga javob izlab ko‘ramiz. Xo‘sh, klublarning aktsiyalarini sotib olish ilinjidagi insonlarni topish qay darajada haqiqatga yaqin? Masalan, bunday holatni avvalroq “Andijon” va “Paxtakor” klublari bilan sodir bo‘lganiga guvoh bo‘ldik, ammo yakun qanday bo‘lgani barchamizga ayon.

“Paxtakor” 2017 yilda xususiy klubga aylandi. Aynan shu omil toshkentliklarning “oltin erasi” boshlanishiga zamin yaratdi. Jamoa har tomonlama xususiy ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Shunga qaramay, klub egasining qiziqishlari mamlakatning ayrim kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar bilan bog‘liq ekanligi hech kimga sir emasdi. Natijada, davlat kompaniyalari bilan o‘rtadagi kelishuv bekor bo‘lgach, o‘z-o‘zidan “Paxtakor”ga bo‘lgan qiziqish ham so‘ndi. Qarabsizki, Toshkent klubi yana hokimiyat qo‘liga o‘tdi.

“Andijon” bilan bo‘lgan vaziyat yanada kulgili. U erda, jamoa hatto boshqaruv borasida ham shaxsiy bo‘lmagan. Istalgan muammoning echimi uchun jamoa egasi va uning rahnamolari viloyat hokimi tomonga chopib borgan. Klubga sarflangan pullar shaxsiy bo‘lgani bilan, ularning zamirida hokimiyatning ularni qo‘llab-quvvatlashi yotgan. Barchasi umumiy latifa bilan yakuniga etdi. Klub egasi hokimiyatga ishga kirdi, biroq ko‘p o‘tmay klub, lavozimi hamda biznesidan ham ayrildi. Eng qizig‘i, “Andijon” futbolchilariga klub egasi sifatida viloyat hokimi tanishtirilgan. Shu faktorning o‘zi, shaxsiy nomini olganiga qaramay, jamoa mamlakat boshqaruv organlariga qaram ekanligini anglatadi.

og23k8g23k

Katta ehtimol bilan, “Paxtakor” va “Andijon”da sodir bo‘lgan sxema boshqa klublar bilan ham takrorlanishi mumkin. Jamoalarning yangi egalari o‘z manfaatlari yo‘lida hokimiyatning vazifasini bajaradigan struktura egalari, yoki hokimiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib turilishi aniq bo‘lgan biznesmenlar bo‘ladi.

Boshqa tomondan, ko‘plab jamoalarga xaridorlar chiqmaydi(Masalan, "Denov" kimga kerak?) Natijada, bunday jamoalar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Har qancha o‘zgarish bo‘lmasin, asosiy muammo echimsiz qolib ketaveradi. Ya’ni, mahalliy klublarning dotatsiyadan qutulib ketishi! Bu muammoni faqatgina mamlakat iqtisodiyoti ko‘tarilgandagina echish mumkin.

Qachonki ulkan kompaniyalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat bo‘lsa, ular reklama ilinjida futbolga e’tibor qaratishga majbur bo‘ladi. Aynan shu reklamalar telekompaniyalarni pulli translyatsiyalarga chiqishga undashi kerak. Ishqibozlarning to‘lov imkoniyatlari oshishi, ular stadionga borganida ko‘proq pul sarflashga qodir bo‘lishi lozim.

Shu o‘rinda, futbol olami ham bunga tayyor bo‘lishi kerak. Masalan, futbol tomosha qilish uchun stadionga kelgan inson elementar narsalarga ehtiyoj (ovqatlanadigan joylar, umumiy hojatxonalar, qulay o‘rindiqlar) sezadi.

Nima bo‘lganda ham, bir yo‘la 7 Superliga klubi, 5 ta quyi ligalar vakilida tez orada ulkan o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu ularning kelajakdagi holatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Katta ehtimol bilan, bu o‘zgarishlar boshqa klublarga ham turtki beradi."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
04/04/2023 08:35
Маблағини ким қоплайди
Raxmanov Alisher
03/04/2023 22:16
Кимга керак булар бориниям йук килишади
&
Khan
03/04/2023 20:54
Спортни сийосатга аралаштирмаслик керак спорт факат мусобока дийдиганларга сийосат хамма жойда бор