“Paxtakor” – “Shabab Al Ahli” uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi

  • 7 fevral, 2020, 18:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

10 fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” – “Shabab Al Ahli” jamoalari bellashuvini iordaniyalik hakamlar boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Bosh hakam sifatida Adham Muhammad Tuma Mahadmeh ishlaydi. Ushbu referi o‘tgan yili Eronda “Persepolis”ga qarshi kechgan bahsni boshqarib borgan. O‘shanda 1:1 natijasi qayd etilgandi. Mahadmeh “Paxtakor” ishtirokidagi boshqa o‘yinlarda hakamlik qilmagan.

Uchrashuv komissari sifatida koreyalik No Jin Kyun tayinlangan bo‘lsa, hakamlar nazoratchisi Kuvaytdan Saad Komil Alfadhli bo‘ladi.

“PAXTAKOR” – “ShABAB AL AHLI”

Hakamlar: Adham Muhammad Tuma Mahadmeh, Ahmad Moannes Nadi, Muhammad Mustafo Hassan (barchasi Iordaniya), Sayyodjon Zaynidddinov (Tojikiston).

Hakamlar nazoratchisi: Saad Komil Alfadhli (Kuvayt).

Komissar: No Jin Kyun (Koreya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!