"Paxtakor" - "Al Sadd". Ertaga matbuot anjumani va rasmiy mashg‘ulot o‘tkaziladi
Ertaga har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida matbuot unjumani tashkil etiladi. Aniqrog‘i, dastavval 14:00 da "Al Sadd" vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
14:30 da esa Shota Arveladze jurnalistlarning savollariga javob qaytaradi. Shuningdek, 17:00 da "Jar" stadionida "sherlar" o‘zlarining rasmiy o‘yin oldi mashg‘ulotlarini olib borishadi.
"Al Sadd" esa 19:00 da "Paxtakor" markaziy stadionida mashg‘ulotlarni boshlaydi. Har ikki mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.

Fikrlar