«Paxtakor», «Navbahor», «Nasaf», «Bunyodkor», «Dinamo» va yana 6 klub ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yildi

  • 30 mart, 2023, 12:36
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Prezident Shavkat Mirziyoev 24 mart kuni «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 24 martdagi PQ-102-sonli qarorni imzoladi.

Tecno


Unga ko‘ra, ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan 1001ta korxonaning aktsiya paketlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga binoan, keltirilgan ro‘yxatda 11ta futbol klubi ham sotuvga qo‘yilgan. Jumladan, «O‘zbekneftgaz» tashkiloti tomonidan «Nasaf», «Buxoro», «Mash’al» klublari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan «Lokomotiv» klubi, «O‘zMetkombinat» tomonidan «Metallurg» klubi, Olmaliq tog‘-kon kombinati tomonidan OKMK futbol klubi, Toshkent shahar hokimiyati tomonidan «Paxtakor» va «Bunyodkor» klubi, Samarqand viloyati hokimiyati tomonidan «Dinamo» klubi, Namangan viloyati hokimiyati tomonidan «Navbahor» klubi, Qashqadaryo viloyati hokimiyati tomonidan «Sho‘rtan» klubi davlat ulushi to‘liq sotuvga chiqarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!