“Paxtakor” 2019 yilgi mavsumda nechta gol urdi?
Yakuniga etgan mavsumda triumfni qayd etgan "Paxtakor" 44 uchrashuvda maydonga tushib, 115 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu o‘yinlarning 26 tasi Superliga, 8 tasi Chempionlar Ligasi, 6 tasi Liga Kubogi va 4 tasi O‘zbekiston Kubogi bellashuvlariga to‘g‘ri keladi. Toshkentliklar ushbu bellashuvlarning 35 tasida g‘alaba qozonishdi, 4ta o‘yinda durang qayd etib, yana 4 bahsda imkoniyatni boy berdi.
115 to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 38 gol o‘tkazib yubordi. Bir o‘yinda 2,61 bor raqib darvozasi ishg‘ol qilingan. Superligada 75, Chempionlar Ligasida 11, O‘zbekiston Kubogida 12 va Liga Kubogida 17 marta gol urilgan. G‘alabalarning 14tasi yirik hisobdagi yutuqlar bilan qo‘lga kiritildi. 44 bellashuvning 17tasida “Paxtakor” o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar