"Paxtakor" eng ko‘p o‘yini qaysi musobaqada o‘tkazgan?

  • 4 mart, 2024, 13:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor"ning o‘z tarixida o‘tkazgan rasmiy o‘yinlari soni 2024 yilgi mavsum boshlanishidan avval 2650taga etib ulgurdi.

Tecno

“Paxtakor” tarixidagi barcha rasmiy uchrashuvlarning statistikasi orqali turli musobaqalarda ko‘rsatkichlar qanday ko‘rinish olganini batafsil bilib olish mumkin. Hozircha eng ko‘p o‘yin SSSR chempionatida o‘tkazilgan – 1242ta. Eng ko‘p g‘alaba esa milliy chempionatimizda qo‘lga kiritilgan – 635 marta. Raqib darvozasiga gol urish borasida O‘zbekiston chempionatida rekordchi – 2073 gol. O‘zbekiston chempionatida chempionlik, g‘alaba, urilgan gollar va qo‘lga kiritilgan ochkolar bo‘yicha “sherlar” yaqqol rekordchi sanaladi.

Ayni paytga qadar jami 2650 rasmiy uchrashuvda “Paxtakor” maydonga chiqqan. Ularda 1334 g‘alaba, 587 durang va 729 mag‘lubiyat qayd etilgan. Raqib darvozasiga urilgan umumiy gollar soni 4600taga etdi. Toshkentliklar darvozasidan esa 2952 to‘p o‘tkazib yuborgan.

Musobaqalar bo‘yicha alohida ko‘rsatkichlar bilan jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.

photo_2024-03-04_13-45-20

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!