
"Paxtakor" Hamrobekov va Hamdamov bilan qachongacha shartnoma imzoladi?
Avvalroq, "Paxtakor" sobiq yarim himoyachilar Odil Hamrobekov va Doston Hamdamovning qaytarganligi haqida xabar bergan edik.
O‘zPFL matbuot xizmatining xabar berishicha, "sherlar" ikki futbolchi bilan 2022-yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Ular o‘tgan mavsumni legioner sifatida BAA chempionatida o‘tkazgan edi.
Hamrobekov 2019-20 yillarda jami 77 bellashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan, Hamdamov esa 74 bahsda 24 to‘p kiritgan.
Fikrlar