"Paxtakor" ikkinchi nazorat uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi

  • 26.01.2026 15:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Paxtakor" jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Kosovaning "Prishtina Re" klubiga qarshi kechgan bahsda "sherlar" 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

Toshkentliklar safida yagona gol Davron To‘laganov tomonidan kiritildi. 

Birinchi bo‘limda: Maksim Murkaev, Sherzod Nasrullaev, Shahzod Azmitdinov, Dilshod Abdullaev, Hojiakbar Alijonov, Quvonshbek Saydaliev, Abubakir Shukrullaev, Jamshid Rustamov, Behruz O‘ktamov, Bashar Resan, Davron To‘laganov;

Ikkinchi bo‘limda: Sanjar Quvvatov, Tahsin Zaid, Muhammadali Dilshodbekov, Dilshod Saitov, Muhammad Bobur Karimov, Sardor Mirqobilov, Sardor Sobirxo‘jaev, Dostonbek Hamdamov, Hojimat Erkinov, Yaxyo O‘rinboev, Davron To‘laganov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!