"Paxtakor" OKMKga qarshi Superligadagi soʻnggi 5 oʻyinda gʻalaba nimaligini unutdi

  • 04.04.2026 14:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bugun Superliganing 5-turida Kamoliddin Tojiev boshchiligidagi "Paxtakor" o‘z maydonida OKMKni qabul qiladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:00’da start oladi. 
 
"Sherlar" Superliga doirasidagi so‘nggi 5 ta uchrashuvdan buyon olmaliqliklarni mag‘lubiyatga uchrata olmayapti (4 ta g‘alaba, 1 ta durang). So‘nggi 4 ta bahsning barchasida mag‘lub bo‘lgan (to‘plar farqi 8 — 3). 
 
Biroq, o‘tgan mavsum "Paxtakor" O‘zbekiston kubogi doirasida OKMKni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. 
 
Shuningdek, ushbu ikki jamoa o‘zaro umumiy 36 marta to‘qnash kelgan. Ularning 26 tasida "Paxtakor"ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 ta uchrashuvda olmaliqliklar zafar quchgan. 5 to‘qnashuv durang bilan yakun topgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!