"Paxtakor" o‘z stadioni tayyor bo‘lgunga qadar uy uchrashuvlarini qaerda o‘tkazadi?

  • 30 dekabr, 2024, 19:38
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" o‘z stadioni tayyor bo‘lguniga qadar raqiblarini Jarda qabul qiladi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi.

2024-yilgi mavsumda bo‘lgani kabi Paxtakor o‘z raqiblarini Jar stadionida qabul qilishi ma’lum bo‘ldi. 

Avvalroq klub prezidenti OAV bilan suhbatda stadion maydonini ta’mirlash masalasiga to‘xtalib o‘tgandi. Maydonning drenaj va sug‘orish tizimi, chimi, shuningdek, projektorlar va muxlislar joy oladigan sektorlar ta’mirdan chiqarilgach, Liga Paxtakor stadionini qayta qabul qilish ishlarini boshlaydi. Unga qadar esa klub o‘z uy uchrashuvlarini Jarda o‘tkazib turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
31/12/2024 12:36
Стадион нормальный. Уни тезрок ремонт килиб Пахтакорга кайтаринглар, бузиш керак эмас. Канча хотиралар билан боглик бу стадионнинг тарихи