
"Paxtakor" safarda "Dinamo"ni qiyinchiliksiz taslim etdi
O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yinda gollarga Dragan Cheran va Hojimat Erkinov mualliflik qildi. Mezbonlar bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Shu tariqa, poytaxtliklar mavsumdagi ilk o‘yinda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Samarqandliklar esa dastlabki bahsda kuchli raqibiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsata olmadi.
Fikrlar