"Paxtakor" tayyor turishi kerak
"Paxtakor" OChL 6-turida "Al-Fayha"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi. Uchrashuvdan so‘ng "Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida "sherlar"ning bugungi holatiga izoh berdi.
"Paxtakor" bugun juda zaif ko‘rindi. Superligadagi g‘oliblikni hisobga olmasa, Maksim Shatskix boshqaruvida jamoa birorta yangi futbolchini kashf etmadi, taktik tomondan zamonaviy yurishlar ko‘zga tashlanmayapti, legioner masalasida umuman nishonga tekkiza olmadi.
To‘g‘ri u yosh va o‘sayotgan mutaxassis, biroq "Paxtakor" uning murabbiylik karerasidagi tajriba vazifasini o‘tab beruvchi "poligon" emas. Agar klub rahbarlari 60-65 foiz jamoa to‘g‘ri pressing qilishni bilmaydigan ligada g‘olib chiqishni o‘zi kifoya deb hisoblasa, demak bundan ham katta provallarga (OChL birinchi savatchasida musobaqani boshlab atigi 7 ochko jamg‘arishni boshqacha ta’riflashning imkoni yo‘q. 7 ochkoning 4 tasi 4 savatdagi "Ahal" bilan o‘yinlarda ishlangan.) tayyor turish kerak.
Superliga oltin medallarini olib bergan jamoa "suyagi" pik formasidan pastga tushmoqda. Cheran 36 ni urib qo‘ydi. Jamoa zaxira o‘rindig‘i o‘yinga ta’sir ko‘rsata olmaydigan darajaga kelib qoldi. Qisqasi, kerakli o‘zgarishlar amalga oshirilmasa Elit liga jamoani qo‘rqinchli tushiga aylnadi.
Fikrlar
ишлаётган у́йнаётганлар Сенингча роботми Ахир Сенда 1та фронт колувди НасаФ ваНавбахор Пахтакордан ку́п у́йин у́тказди Насаф Сен ютказган командани (1 лига бу́лсаям ) ютиб финалга чикдику кисками М.Шацких мутахассис сифатида Пахтакор мураббийлигига мос эмас