
"Paxtakor" va AGMK OChLda qaysi savatchalarda bo‘lishi ma’lum. Mirjalol Qosimov shogirdlari pley-offda qachon va qaerda o‘ynaydi?
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2021 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun savatchalarni e’lon qildi.
G‘arb mintaqasida "Paxtakor" va AGMK yurtimiz sharafini himoya qiladi. "Sherlar" to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida qatnashadi. Olmaliqliklar esa, o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.
Poytaxtliklar 3-savatchadan o‘rin olgan. Pley-offda o‘ynaydigan Mirjalol Qosimov shogirdlari "Al-Garafa"ni mag‘lub etsa, 4-savatchaga joylashadi. Pley-off bitta uchrashuvdan iborat. AGMK 7 aprel kuni Dohada "Al-Garafa"ga qarshi maydonga chiqadi.
G‘arb mintaqasi
1-savatcha
"Al-Duhayl" (Qatar)
"Al-Hilol" (Saudiya Arabiston)
"Persepolis" (Eron)
"Sharja" (BAA)
"Al-Sadd" (Qatar)
2-savatcha
"Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Traktor" (Eron)
"Shabab Al-Ahli" (BAA)
"Al-Rayyan" (Qatar)
"Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni)
3-savatcha
"Paxtakor" (O‘zbekiston)
"Vihdat" (Iordaniya)
"Goa" (Hindiston)
"Istiqlol" (Tojikiston)
"Istiqlol" (Eron)
4-savatcha
"Al-Shorta" (Iroq)
"Al-Garafa" (Qatar) / AGMK (O‘zbekiston)
"Al-Vahda" (Saudiya Arabistoni) / "Eyr Fors" (Iroq)
"Fulad Xuzeston" (Eron) / "Al-Ayn" (BAA)
"Al-Vahda" (BAA) / "Al-Zavra" (Iroq)
Fikrlar