
"Paxtakor" va "Nasaf" etakchi, "Navbahor"dan bittagina - Katanets yig‘inga qaysi klubdan nechta futbolchi chaqirdi?
Bugun O‘FA matbuot xizmati milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanetsning "Navruz Cup" turniri uchun tanlagan tarkibini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan 25 nafar futbolchi o‘rin olgan bo‘lib, ulardan 7 tasi legioner sifatida harakat qilmoqda. Qolganlar o‘zimizning ichki chempionatda to‘p tepayotgan futbolchilar hisoblanadi.
Klublar kesimida oladigan bo‘lsak, "Nasaf" 6 ta (Ergashev, Eshmurodov, Saitov, Nasrullaev, Aliqulov, Bozorov), "Paxtakor" 6 ta (Sayfiev, Alijonov, Hamrobekov, Turg‘unboev, Erkinov, Sobirxo‘jaev), AGMK 3 ta (Rahimov, Komilov, Abdullaev), "Navbahor" bitta (Yusupov), "Lokomotiv" bitta (Qobilov) va "Qo‘qon-1912" bittadan (Sidiqov) futbolchi jo‘natdi.
Ko‘rib turganingizdek, Superligamizda tinimsiz raqobat qilib keladigan "Paxtakor" va "Nasaf" bu erda ham o‘ziga xos kurash olib bormoqda.
Fikrlar