"Paxtakor" yangi transferni e’lon qildi
"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Jasur Yoqubov "sherlar" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Tomonlar ikki yillik kelishuvga imzo chekkan. 23 yoshli himoyachi Superligada hozirgacha 23 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol muallifiga aylangan.
Avvalgi mavsumni Jasur "Surxon" safida o‘tkazgan. U erkin agent sifatida Toshkent klubiga kelib qo‘shildi.

Fikrlar