
"Paxtakor"ga o‘tgan Aziz Turg‘unboev "Navbahor" muxlislariga murojaat qildi (video)
"Navbahor" klubi matbuot xizmati "Paxtakor" safiga ko‘chib o‘tgan Aziz Turg‘unboevning xayrlashuv videosini e’lon qildi.
"Assalomu alaykum, "Navbahor" muxlislari! Sizlarga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman va "Navbahor" rahbariyatiga rahmat aytaman. Qo‘llab-quvvatlagan barcha jamoadoshlarimga ham minnatdorlik bildiraman.
Klubning kelgusi faoliyatiga omad tilayman. Bu yil ham ajoyib tarkib yig‘ilgan va shu tarkib Osiyo maydonlariga chiqishiga tilakdoshman", - dedi Turg‘unboev.
Ilgariroq, "Paxtakor" Turg‘unboev bilan ikki yillik shartnoma imzolanganligini e’lon qilgan edi.
Fikrlar
Навбаҳор учун қилган мехнатларинг ва вақтида томашабинлар билан лиқ тўлган стадионда мухлисларга ўзингни такрорланмас ажойиб ўйинларинг ҳамда бири-биридан чиройли киритган голларинг билан олам-олам қувонч бахш эта олганинг учун.
Келгуси фаолиятингга улкан омадлар ёр бўлсин.