"Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatlaridagi murabbiylari kimlar bo‘lgan?
Shu kunga qadar "Paxtakor"ni juda ko‘p murabbiylar boshqargan. Klub matbuot xizmati esa ular qayd etgan natijalarni yana bir bor muxlislar yodiga solishni lozim topdi.
Ayni paytda faoliyat yuritayotgan Shota Arveladze milliy chempionatlarda "sherlar"ni boshqarayotgan 23-bosh murabbiy sanaladi. 1992 yilgi ilk chempionatni "Paxtakor" Ahrol Inoyatov qo‘l ostida boshlagan va u toshkentliklarni ilk bor chempionlikka olib kelgan. Quyida murabbiylar bilan ularning oliy ligada "Paxtakor" bilan o‘tkazgan o‘yinlari statistikasi ketma-ketligida tanishib olishingiz mumkin.
1. Ravshan Haydarov - 104
2. Viktor Jalilov - 93
3. Shota Arveladze (Gruziya) - 75
4. Aleksandr Ivankov - 73
5. Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston) - 64
6. Murod Ismoilov - 52
7. Samvel Babayan - 44
8. Ahrol Inoyatov - 43
9. Xans Ferel (Gollandiya) - 37
10. Bahodir Ibrohimov - 30
11. Vega Da Silva (Braziliya) - 30
12. No‘’mon Hasanov - 25
13. Grigoriy Kolosovskiy - 24
14. Viktor Borisov - 22
15. Grigoriy Tseytlin - 21
16. Sergey Butenko (Rossiya) - 21
17. Valeriy Nepomnyashiy (Rossiya) -19
18. Rustam Akramov - 15
19. Deyan Jurjevich (Serbiya) - 13
20. Ahmad Ubaydullaev - 9
21. Jasur Abduraimov - 7
22. Miodrag Radulovich (Chernogoriya) - 7
23. Vitaliy Suyunov - 4



Fikrlar