"Paxtakor"ning 15 futbolchisi terma jamoalarga chaqiruv oldi

  • 22.03.2026 17:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Paxtakor" klubining o'ndan ortiq o'yinchilari turli terma jamoalardan chaqiruv oldi.

"FIFA kunlarida o'ndan ortiq o'yinchilarimiz turli terma jamoalar safidan chaqiruv olishdi. Hojiakbar Alijonov, Muhammadrasul Abdumajidov, Muhammadqodir Hamraliev, Sherzod Nasrullaev, Ibrohim Ibragimov, Doston Hamdamov va Akmal Mozgovoy milliy termamiz tarkibida Gabon va Venesuelaga qarshi Toshkentda o'tadigan bahslar uchun jalb etildi. Zaid Tahsin esa Iroq terma jamoasi bilan jahon chempionati final bosqichiga yo'llanma olishga urinib ko'radi.

Maksim Murkaev, Dilshod Abdullaev, Muhammadbobur Karimov U-23 termasi, Muhammadali Dilshodbekov, Quvonish Saydaliev va Dilshod To'laganov U-20 termasi yig'inida ishtirok etishadi", - deya yozdi klub matbuoti xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!