“Paxtakor”ning OChL-2018 pley-offdagi raqibi Uesli Sneyder bilan kelishuvga erishdi

  • 5 yanvar, 2018, 16:52
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Nitstsa” klubi yarim himoyachisi Uesli Sneyder faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, gollandiyalik xavbek Qatarning “Al-Garafa” klubiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Tomonlar bir yarim yillik shartnoma borasida kelishuvga erishishgan.

Xabarlarga qaraganda, 33 yoshlik futbolchi Qatar chempioni bilan yakshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Garafa” OChL-2018 pley-off bosqichida “Paxtakor” bilan bahs olib boradi. Ushbu bellashuv 30 yanvarda Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!